Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda davlat xizmatini rivojlantirish bo‘yicha tuzilma paydo bo‘ladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda birinchi marta davlat xizmatiga javobgar alohida idora tashkil etiladi. Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, davlat xizmatiga kirish, o‘tash va tugatish tartibini belgilovchi qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, davlat xizmati ishlari bo‘yicha vakolatli organ etib O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati milliy agentligi belgilanadi.
Yangi tuzilma davlat xizmati institutining shakllanishi, mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar, ularni o‘qitish, bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni tanlash uchun javobgardir.
Agentlik shuningdek, davlat xizmati tizimini va davlat kadrlar siyosatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha prezidentga takliflarni taqdim etishi mumkin.
Parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Oliy Majlis huzurida Davlat xizmati kengashi tashkil etiladi. U har yili agentlikning davlat xizmatining rivojlanish holati va istiqbollari haqidagi hisobotlarini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xizmatchilari daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida hisobot berishga majbur bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025
Tibbiy jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 sinfga ajratiladi: yangi qoidalar
10:30 / 09.12.2025