Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda osmono‘par binolar futuristik majmuasi barpo etiladi (6 surat+ video)
Londondagi mashhur Grinvich rasadxonasi joylashgan Grinvich yarimorolida yaqin yillarda global rekonstruksiyalar bo‘lishi kutilmoqda. Bu yerda bunyod etiladigan birinchi ulkan loyiha byudjyeti 1 milliard yevro bo‘lgan Peninsula Place osmono‘par binolar majmuidir. Bu haqida newatlas.com saytida xabar berildi.

Qurilish konsepsiyasi ispaniyalik taniqli me'mor Santyago Kalatravaga tegishli - u Malmyodagi aylanuvchi Turning Torso osmono‘par binosi, Auditorio-de-Tenerife konsert zali, Valensiyadagi "San'at va ilm-fan shahri" va boshqa obektlar muallifidir.

Majmuaga tutash ko‘prik Temza qirg‘oqlarida qurilishi rejalashtirilayotgan parkka qo‘shiladi.
Me'morchilik ansambli balandligi 113 metr (30 qavat) bo‘lgan uch osmono‘par binoni o‘zida mujassam qiladi. Ularning orasida esa qishki bog‘, qahvaxonalar va do‘konlar artriumi yaratiladi (markaziy qism balandligi - 24 metr, uzunligi - 152 metr).

Majmuaning umumiy maydoni 130 ming kvadrat metr, u 800 jihozlangan kvartiradan iborat bo‘lib, ulardan 200tasi turar-joy, idoralar, mehmonxonalar, trenajyor va sport zallari, teatr, konsert maydoni, bar va restoranlar, savdo nuqtalari va boshqa maqsadlarda foydalanishga topshiriladi.

Peninsula Place ko‘p funksiyali ansambl bo‘ladi, 24 metr balandlikda yaratilgan qishki bog‘ esa bir vaqtning o‘zida ham sayr zonasi, ham stansiya vazifasini bajaradi. Bu yer London va boshqa shaharlardan elektrichkalar, avtobuslar va metrolar kelib to‘xtaydigan stansiyadir.

Grinvich rejasiga ko‘ra, majmua hududida Londondagi ilk yirik kinostudiya, 2 000 o‘quvchi ta'lim oladigan ikki maktab, 15 720 kvartira, parklar va ko‘plab boshqa inshootlar paydo bo‘ladi. Bularning barchasi yarimorolni Londonning faol madaniy nuqtasiga aylantiradi. London meri Sodiq Xonning fikricha, bu loyiha butun dunyodan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Mavzuga oid
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026
Londonda birinchi marta Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
09:44 / 24.02.2026