Buyuk Britaniya elchixonasining qo‘shimcha qilishicha, bugun qirollik Markaziy Osiyo bilan iqtisodiyotdan tashqari strategik muhim minerallar, yashil rivojlanish, ta’lim bo‘yicha ishlamoqda, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish, mintaqadagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash tarafdori bo‘lmoqda.

Sammitda Buyuk Britaniya-O‘zbekiston hamkorligini ayniqsa ta’lim yo‘nalishida kengaytirish muhokama qilinadi. Aynan ta’limga mintaqaviy kelishuvlar paketining asosiy qismi sifatida qaralmoqda. Chunki bunday tashabbus mintaqadagi ta’minotning bir xil zanjirga bog‘lanib qolmasligi, ingliz tili va akademik hamkorlik uchun zarur. Bu o‘zbek talabalari, tadqiqotchilari va bizneslari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ko‘nikmalarni shakllantiradi, investitsiya va savdo aloqalarini mustahkamlaydi, deydi elchixona.

Buyuk Britaniyaning ishtiroki esa O‘zbekiston va butun mintaqaning mustaqilligi, iqtisodiy xavfsizligi va uzoq muddatli farovonligiga xizmat qiladi.

Biz xalqlarimiz, iqtisodiyotlarimiz va umumiy xavfsizligimiz manfaatlariga xizmat qiladigan, yanada chuqurroq va kelajakka yo‘naltirilgan Buyuk Britaniya–O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishni intiqlik bilan kutyapmiz”, deydi elchi Timoti Smart.