Londonda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov eng yirik transmilliy neft-gaz korporatsiyalaridan biri – BP (British Petroleum) vakili Ariel Flores bilan uçraşdi.
Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida ma’lum qilişiça, muloqot davomida mamlakatda energetika sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxşilaş borasidagi sa’y-harakatlar hamda yirik qöşma loyihalarni ilgari suriş istiqbollari muhokama qilindi.
Şuningdek, “Ustyurt” loyihasini izçil rivojlantiriş, qöşimça neft va gaz zaxiralarini örganiş, qayta tiklanadigan energiya manbalari va ilğor texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş va özaro manfaatli taşabbuslarni amaliy bosqiçga olib çiqiş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.












