O‘zbekiston | 12:55 / 15.06.2021
6267
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 12 foizgacha kengaytiriladi 

O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 12 foizgacha kengaytiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xurramov ma'lum qildi

Ma'lum qilinishicha, 2019-2028 yillarda O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining asosiy maqsadi biologik xilma-xillik Konvensiyasi talablarini amalga oshirishdan iborat. 

“Strategiya 9ta bobdan iborat bo‘lib, 2ta asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 2019-2023 yillarda bioxilma-xillikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish va 2024-2028 yillarda atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlash masalalari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish”, deydi Farrux Xurramov. 

Uning aytishicha, strategiyada 2028 yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hajmini 12 foizgacha kengaytirish masalasi ham ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid