Xalqaro IQAir körsatkiçlari Toşkent şahrida havo sifati 2 noyabrdan 3 noyabrga ötar keçasida öta yomon bölganini qayd etgan.

Şaharda örnatilgan 32 ta stansiya havoda zaharli zarraçalar me’yordan bir neça barobar oşganini körsatgan. Eng yomon havo sifatida 2 noyabr kuni 23:30 atrofida Yunusobod tumanida örnatilgan Safia pişiriqlar uyi stansiyasida 780 mkg/m3 qayd etilgan. Bu ifloslanişning asosiy sababi PM2,5 zarraçasi bölib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar köp bölgan.

IQAir platformasi buni xavfli darajada yuqori ifloslaniş deb körsatib, taşqariga niqobsiz çiqmaslikni tavsiya qilgan. Havo sifati ifloslaniş holati va manbasi haqida Ekologiya vazirligi va «Özgidromet» xizmati rasmiy sahifalarida ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uçun, 3 noyabr 10:00 holatiga köra, şahar havosida ifloslaniş darajasi 105 mkg/m3 ni körsatyapti. Bunda PM2,5 zarraçalari 37 ni taşkil qilgan, bu JSST me’yoridan 7,4 martaga köp.

Eslatib ötamiz, poytaxtda havoning yuqori ifloslanişi oxirgi yillarda, ayniqsa kuz-qiş oylarida tez-tez takrorlanyapti. Ekologiya vazirligi va Toşkent şahar hokimligi 2024 yil boşida ifloslaniş sabablari va uning oldini oliş böyiça takliflar işlab çiqqan edi. Lekin vaziyat hali yaxşilangani yöq.