Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sariog‘ochdagi to‘yda qo‘shiqchi qurollangan qo‘riqchilar hamrohligida qo‘shiq kuyladi. Qozog‘iston IIV tekshiruv o‘tkazmoqda
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonda qo‘shiqchi Serikbol Saylaubek to‘yda qurollangan qo‘riqchilar tomonidan o‘rab olingan holda qo‘shiq kuyladi. Uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida tegishli videoni e'lon qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tekshiruv o‘tkazmoqda.
«Qo‘shiqchi qurollangan qo‘riqchilar tomonidan o‘rab olingan holda kuylayotgani aks etgan video Sariog‘och shahrida tasvirga tushirilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tashkilotchilarning o‘zi qo‘riqlash agentligini jalb qilgan. Hozirgi paytda ular nima maqsadni ko‘zlagani va bu nega qilinganini aniqlash maqsadida tekshiruv o‘tkazilmoqda, shundan so‘ng ularning harakatiga huquqiy baho beriladi», - deya xabar berishgan IIVdan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025