Özbekistonda Indoneziya va Malayziya davlatlari tajribasidan kelib çiqqan holda, Haj va Umra qiluvçilarni tayyorlaş böyiça maxsus öquv darslari taşkil etiladi. Ularda Islomning beşinçi ustuni bölgan Haj ibodatini va Umra ziyoratini qanday qilib sifatli ado etişga doir ma'lumotlar beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita rahbaari örinbosari Nuriymon Abulhasan Kun.Uz muxbiriga bergan blits-intervyusida ma'lum qildi.

Ma'lumki, ayrim holatlarda Haj va Umra amallarini bajarib kelgan yurtdoşlarimiz, ba'zi hollarda noörin amallar qilişadi. Muqaddas zaminlarga borib kelgan kişilarda bölişi darkor bölgan odob-ahloq me'yorlarini unutib qöyişadi. Muxbirning Nuriymon Abulhasanga bergan ilk savoli ham şu mazmunda böldi.
- Bugungi xuşxabar uçun davlat rahbariyati va sizga ham rahmat aytamiz. Nuriymon aka, brifing çoğida Haj, Umra mohiyati haqida söz yuritdingiz. Haj va Umra ibodatlarining mazmun-mohiyatini oşiriş uçun qanday işlar amalga oşirilişi kerak?
Video: TasIX
Video: YouTube
- Avvalambor, 2018 yilgi Haj mavsumi davrida mana şu Haj va Umra masalalarini jiddiy örganib çiqiş, avvalgi yillardagi ba'zi bir xato va kamçiliklarning örnini töldiriş, ularga barham beriş maqsadida xalqaro tajribani örgandik. Bir yilda 150-200 ming hojilarga xizmat körsatiş böyiça taşkiliy işlar bilan şuğullanuvçi musulmon davlatlar vakillari bilan gaplaşib, şu narsani bilib oldikki, Haj mavsumi davrida hajga keluvçilar uçun köplab şaroitlar yaratilar ekan. Öqişlar taşkil etilib, malakasi oşirilar, seminar-treninglar bölar ekan.
Hajga boruvçilarga Haj tarixi, Saudiya Arabistonidagi muqaddas joylar tarixi, Islom tarixida ularning mavqei, örniga doir bir neçta bosqiçma-bosqiç darslar taşkil etilgan ekan. Örganişlarimiz, olgan ma'lumotlarimiz natijasida, özimizga, mentalitetimizdan kelib çiqqan holda şu kabi öquvlarni 5 oy avval boşlaşni rejalaştirdik. Bu darslarda ham Haj, ham Umra masalalariga alohida e'tibor beriladi. Mazkur ibodatlarni amalga oşiruvçilar uçun qöllanmalar işlab çiqilyapti. Kelgusida bu ibodatni çiroyli, şariat körsatmalari asosida amalga oşirişlari uçun barça şaroitlarni muhayyo qilişlari uçun işlar olib borilmoqda.













