Din işlari böyiça qömita xabariga köra, elektron navbatga röyxatdan ötiş ikki usulda amalga oşiriladi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali.
Bundan avval Saudiya Arabistoni “Haj — 2026” mavsumida ziyoratçilar vizani faqat Nusuk platformasi orqali berilgan soğliq holati haqidagi tibbiy guvohnoma mavjud bölgan taqdirda olişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Hajda iştirok etişga ruxsat etilmaydigan kasalliklar röyxatida quyidagilar körsatilgan: dializ talab qiladigan buyrak yetişmovçiligi, oğir şakldagi yurak va jigar yetişmovçiligi, kislorod qöllab-quvvati talab etiladigan surunkali öpka kasalliklari, şuningdek, jiddiy ruhiy va nevrologik buzilişlar. Bundan taşqari, homiladorlikning sönggi trimestridagi ayollar, faol yuqumli va onkologik kasalliklarga çalingan şaxslar safarga qöyilmaydi.

















