O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
Avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi kutilyapti. Xuddi shunday qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan nizom 2020 yil 1 yanvardan buyon yuridik jihatdan amal qilib kelmoqda. Unda nimalar yozilgan?

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti 21 aprel kuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi farmon imzoladi.
Farmonning ilovasiga ko‘ra, 2025 yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.
Amaldagi qoidalar qanaqa?
O‘zbekistonda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida nizom bor.
Bu nizom parlament palatalari kengashlarining 2019 yil 14 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlanib, 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan va hozir ham qonuniy kuchga ega.
2020 yil mart oyida bu qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi. MJtKga qo‘shilgan 1921-moddaga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibi rioya etmagan fuqarolarga 10 BHM (hozirda 3 mln 750 ming so‘m), to‘yxona va kafe-restoranlarning mansabdor shaxslariga 30 BHM (takroriy sodir etilsa, 50 BHM) miqdorida jarima belgilangan.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno), soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, bu tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida esa 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
Dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno.
Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni («kelin navkari», «chorlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni («yetti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda:
- to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin mahallani fuqarolar yig‘inini xabardor qilishi;
- nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik;
- to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;
- shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
- mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etishi zarur.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar
Jahon | 20:47
-
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
Iqtisodiyot | 20:43
-
Polsha davlat reyestriga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi
Jahon | 20:43
-
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi
Fan-texnika | 20:40
Mavzuga oid

15:26 / 29.04.2025
Davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

17:44 / 22.04.2025
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda

21:23 / 21.04.2025