O‘zbekiston | 18:14 / 16.02.2026
3310
1 daqiqa o‘qiladi

Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyida narxlarni nazorat qiladi

Qo‘mita yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bu prezident tomonidan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rish haqida berilgan topshiriq doirasida amalga oshirilmoqda.

Qayd qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyida talab keskin oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida tezkor xabardor qilib borish, hamda ta’minotchilarni narxlarni asossiz oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborgan.

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida barcha zarur choralarni ko‘rib borishini ma’lum qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid