Bugun, 16 mart oqşomida – butun Ramazon oyi davomida 1765 ta masjidda xuşovoz qorilar tomonidan öqilgan Qur’oni karimning xatmonalari (yakuni) bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idoraning ma’lum qilişiça, Özbekiston böylab xatmi Qur’onlar öqilgan masjidlarda yurtdoşlarimiz bir vaqtning özida xatmonadan keyingi duolarga qöl oçişadi.

Tarovih namozlarining boşlaniş vaqti Farğona vodiysi böylab 20:20dan boşlab belgilangan. Vohada va Özbekistonning ğarbiy hududlarda 21:00 gaça çöziladi. Toşkent viloyati va poytaxtda tarovih namozlari 20:30 da boşlanişi belgilangan.

«Ulamolarning ta’kidlaşiça, Qur’on xatm qilinganidan söng qilingan duo rad etilmaydi. Çunki Qur’on Allohning kalomi bölib, uni töliq öqib tugatiş uluğ ibodat. Bugun dunyo-yu oxirat saodatiga erişiş uçun iltijo qiliş fursatidir. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qur’on xatm qilinganda ijobat böladigan duo bor». Bundan kelib çiqadiki, jamoat bölib öqilgan namozlar, ayniqsa, Qadr keçasida xatmi Qur’onlardan keyin qilinadigan duolar inşalloh ijobat böladi», deyiladi diniy idora xabarida.

Ma’lumot uçun, bu yil Özbekistondagi 2101 ta masjidda tarovih namozi öqilmoqda. Ularning 1700dan ortiğida esa töliq xatmona bölmoqda. Uşbu jarayonga 3 642 nafar iqtidorli qori saralab olingan. «Xatmi Qur’on» tadbirlari barça masjidlarda bir tartibda boşlanib, Ramazonning 27-keçasida yakunlanişi rejalaştirilgan.

Sönggi yillardagi tajribadan kelib çiqib, «Xatmi Qur’on» tadbirlari Özbekistondagi barça masjidlarda bir xil vaqtda boşlangan. Yakuni esa Ramazonning 27-kuni – taxminiy «Qadr keçasi»da yakunlanadi.