Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi
Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi mahalliy bozorga propan yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi 31 ta kompaniyaga nisbatan narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qoidabuzar kompaniyalarga 28,9 mlrd so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, asossiz olingan 34,1 mlrd so‘m pul mablag‘larini respublika budjetiga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Foto: Yandex Maps
2025 yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolaridagi boshlang‘ich narxini asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik holatlari kuzatilgan, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.
Nazorat tadbirlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan o‘tkazilgan muhokamalar yakuniga ko‘ra, quyidagi 31 ta kompaniya tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan deb topildi:
- «POYTUG‘ GAZ TO‘LDIRISH KORXONASI» MChJ,
- «TARAQQIYOT GAZ SERVIS» MChJ,
- «SHIRIN GAZ SERVIS» MChJ,
- «OLTINKO‘L HAMKOR RIVOJ» MChJ,
- «OSIYO HAMKOR MAKS» MChJ,
- «INGINERING GAZAVTO SERVIS» MChJ,
- «NAMANGAN-ISTIQLOL BOG‘I» MChJ,
- «NASAF TA”MINOT GAZ PRESS» MChJ,
- «FRIDAY-EXSTRA» XK,
- «SAIDBEK TURABOV» MChJ,
- «PLANETA NEFT GAZ INVEST» MChJ,
- «GOLD SAMARKAND OIL» MChJ,
- «MAROQAND-ENERGY GAZ OIL» MChJ,
- «ASATILLO BOBO GAZ INVEST» MChJ,
- «UNIT GROUP SIRDARYA» MChJ,
- «GAZONE» MChJ,
- «CRITICAL MERCHANT» MChJ,
- «NAFTON» MChJ,
- «FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI» MChJ,
- «DAVR GLOBAL SYSTEM» MChJ,
- «LUTF GAZ OIL» MChJ,
- «PRIME ENERGI OIL» MChJ,
- «OILCHEM» MChJ,
- «SH-Z HANDSOME GROUP» MChJ,
- «CRUDE OIL» MChJ,
- «TARBATNEFT» MChJ,
- «INTERNEFT» MChJ,
- «GTL GAZ» MChJ,
- «WIMBLEDON OIL» MChJ,
- «INTER GAS OIL LPG» MChJ,
- «ENERGIE-GROUP» MChJ
Shundan, 12 ta sub’yekt («SHIRIN GAZ SERVIS» MChJ, «NASAF TA’MINOT GAZ PRESS» MChJ, «FRIDAY-EXSTRA» XK, «MAROQAND-ENERGY GAZ OIL» MChJ, «ASATILLO BOBO GAZ INVEST» MChJ, «UNIT GROUP SIRDARYA» MChJ, «GAZONE» MChJ, «FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI» MChJ, «OILCHEM» MChJ, «SH-Z HANDSOME GROUP» MChJ, «INTERNEFT» MChJ hamda «GTL GAZ» MChJ) tomonidan birja savdolarida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirganlik holatlari, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etilganligi aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta sub’yekt tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilganligi e’tirof etilib, qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd so‘m) moliyaviy jarima qo‘llash hamda asossiz olingan (34,1 mlrd so‘m) pul mablag‘larini respublika budjetiga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirilishiga erishilgan.
Mavzuga oid
19:05 / 28.03.2026
25 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
20:49 / 25.03.2026
Raqobat qo‘mitasi elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda qoidabuzarliklarni aniqladi
12:06 / 04.03.2026
Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi
19:02 / 28.02.2026