Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Milliy anorchilik brendi” yaratiladi
Foto: Alamy Stock
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida anor yetishtirishni ko‘paytirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi anor yetishtiruvchi tashkilotlarning Farg‘ona viloyatida anor ko‘chatlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish maqsadida "Anor yetishtiruvchilar" uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Belgilanishicha, “Farg‘ona anorchilik” va “Mindonobod agrosanoat” agrofirmalari, “Farg‘onaazot” AJ, “Mastona” AJ, "Agro sifat logistika" MChJ,"Agro servis aziya" MChJ va fermer xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari, anor eksporti bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar Uyushma muassislari hisoblanadi;
tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a'zo bo‘lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
anorchilik sohasini rivojlantirish, ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko‘maklashish;
sohani kompleks rivojlantirishda ishtirok etish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion, qayta ishlash va eksport siyosatini amalga oshirish;
yer maydonlardan samarali foydalanish, intensiv resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda anorzorlarni barpo etish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, uni qayta ishlash va eksportini amalga oshirish ishlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
anor yetishtirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb qilish, ularning tajribalarini o‘rganish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish;
sifatli eksportbop anor ko‘chatlarini ko‘paytirish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, kasallik va zararkunandalariga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlarini tashkil etish;
anor yetishtirish, uni qayta ishlash va eksportga yetkazib berish jarayonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
anorzorlarda mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlarini o‘qitish uchun anorchilik maktabini tashkil etgan holda maxsus o‘quv tayyorlov kurslarini tashkil etish;
yangi anorzorlar tashkil etish va agrotexnik tadbirlarini o‘tkazish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i moylash materiallari hisob-kitoblarini amalga oshirish.
Uyushma raisi va o‘rinbosarlari Uyushma a'zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimligi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
"Anor yetishtiruvchilar" uyushmasi tarkibida Anorchilik ilmiy innovatsion markaz tashkil etiladi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maxsus ko‘chatchilik labaratoriyani tashkil etish, ushbu laboratoriyada anorning mahalliy serhosil, virusdan holi bo‘lgan sog‘lom, kasallikka, qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli, jahon andozalari mos va urug‘siz anor ko‘chatlarini yangi navlarini yaratish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan eksportbop yangi navlarni rayonlashtirish;
anorzorlarni qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ko‘chatlarni ekish sxemasi, parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish va mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yuqori hosil olish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
anor ko‘chatlari ekish, parvarishlash, yetishtirish, yig‘ishtirib olish hamda ularni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha har yili mavsumda joylarda ko‘rgazmali o‘quv seminarlar o‘tkazish;
ko‘chatlarni ekish va agrotexnik tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘chat yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlar olib borish;
yetishtirilgan anor ko‘chatlarini fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholining shaxsiy tomorqalari uchun sotishni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent davlat agrar universiteti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Anor yetishtiruvchilar " uyushmasi bilan birgalikda:
anorzorlarni qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash, yiliga kamida 2 marotaba hosil olish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy qo‘llanma ishlab chiqish;
bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib anorzorlar tashkil etish, yetishtirish, parvarishlash va yig‘ishtirib olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
2018 yil 1 avgustgacha anorni ekish, parvarishlash, yetishtirish, hosilni yig‘ishtirib olish hamda ularni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida joylarda ko‘rgazmali o‘quv seminarlar o‘tkazishni tashkil etadilar.
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Farg‘ona viloyat hokimligi anor mahsulotlarini ilg‘or texnologiyalar asosida yil davomida saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil etish, “Milliy anorchilik brendi”ni yaratish, qayta ishlash jumladan, sharbat, vino, tanin, yog‘lar, atir, shampun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkil etadilar.
Mavzuga oid
13:54 / 16.01.2026
Farg‘onada 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlandi
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:14 / 09.01.2026
Farg‘onada chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
08:39 / 06.01.2026