Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda harbiy otlar qanday shug‘ullantiriladi - poytaxt IIBB otliq otryadi faoliyatidan videoreportaj
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari xodimlarini otliq otryadi faoliyati bilan tanishtirdi. Otliq otryadi 50 bosh otdan iborat bo‘lib, ulardan asosan bayram tadbirlarida, shuningdek, voqea joyiga tezroq yetib borish, ommaviy tartibsizlik paytida tartibni saqlab turishda foydalaniladi.
Toshkent shahar IIBB PPXB otliq otryadi instruktori Valixan Juldebayev otryad faoliyati haqida ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yil 1 maydagi “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 50 bosh ot bilan otliq otryadi tashkil qilingan. Otlar budyonnovskiy zotiga mansub bo‘lib, Moskvadan keltirilgan.
Otliq otryadi instruktorining aytishicha, otlar bilan bajariladigan mashg‘ulotlar haqida ham ma'lumot berdi.
“Otlarning tanasini qizdirib olish uchun qator mashqlar bajariladi. Birdan chopib ketsa, otga og‘irlik qiladi. Uning yuragi nozik bo‘ladi. To‘rtinchi mashg‘ulot element deb ataladi. Bu otlar orqaga yurmaydi, shuning uchun ular yonga, o‘ngga-chapga yurishga o‘rgatiladi. Beshinchi mashg‘ulot to‘siqlardan sakrab o‘tish, sport tilida konkur deb ataladi.
Otning sakrashiga qarab to‘siqlar balandligi ko‘tarib boriladi. Ot qanday balandlikka sakray olishini chavandoz his qilishi kerak. Bu otning kayfiyatiga ham bog‘liq. Eng baland to‘siqdan sakrab o‘tgandan keyin otni silab, unga qand beriladi. Keyin uning badani qurishi kerak.
Badani quriganidan keyin ot 1-2 soat xashak yemaydi. Sababi, uning badani qurigani bilan, ichi qizib turadi. Xashak berilganidan so‘ng 1 soat o‘tgach, suv beriladi. Shunday qilinmasa, otning o‘pkasi shamollaydi.
Mutaxassislarning barchasi tanlovdan o‘tgan, eng yaxshilari saralab olingan. Shuning uchun bizda otlar bilan muomala qilishda qiyinchilik yo‘q”, – dedi Valixan Juldebayev.
Otliq otryadi instruktorining ma'lumot berishicha, otlar kuniga 8-10 kilometrgacha yo‘l yuradi. Bir kunda 3 mahal xashak, 3 mahal arpa yeydi. Kunora sabzi, olma, tuz beriladi. Otning bir kunlik yemishiga 100 ming so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanadi.
Ma'lum qilinishicha, otlarni tadbirlarga olib borishga mo‘ljallangan maxsus avtoulovlar bor. Har bir avtoulovda otlarning ovqatlanishi, suv ichishi uchun maxsus joylar qilingan.
Mavzuga oid
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
07:36 / 18.06.2022
Ichki ishlar organlari PPX saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
07:47 / 15.06.2021