Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gaz eksportini sezilarli oshirdi
Joriy yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekiston 734 mln dollarlik gaz import qilib, 439 mln dollarlik gaz eksport qildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan import 31 foizga kamaygan bo‘lsa, eksport 38 foizga oshdi.
Foto: Associated Press
2025 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 438,6 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 foizga ko‘p.
Tabiiy gaz importi esa 30,6 foizga kamayib, 734 mln dollarni tashkil etdi. Bu – Statistika agentligining tashqi savdo sharhida keltirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib olgan. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga ko‘p. Gaz eksporti esa 2024 yilda qiymat jihatdan 18 foizga oshib, 628 mln dollarga yetgan. Tabiiy gaz qancha narxda import va eksport qilinayotgani “tijoriy sir” sifatida ochiqlanmay keladi.
Bundan besh yil oldin rasmiylar 2025 yil 1 yanvardan O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:14 / 25.12.2025
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
07:35 / 25.12.2025
Strategik metallar zanjiri: 2030 yilda nazorat kimning qo‘lida bo‘ladi?
14:40 / 24.12.2025