Benchmark Mineral Intelligence va Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlari asosida Visual Capitalist mutaxassislari tayyorlagan yangi infografika 2030 yilga borib qayta işlaş quvvatlarining uluşlari qanday taqsimlanişini prognoz qiladi.
Bir muhim istisnodan taşqari, ma’lumotlar kelajakda asosiy elementlarni qayta işlaş deyarli bitta davlat — Xitoy qölida jamlanişini körsatadi.
2030 yilga borib Xitoy litiy, nodir yer elementlari, kobalt va grafitni qayta işlaşda dominant örin tutib, jahondagi muhim elementlarni qayta işlaş quvvatlarining qariyb 60 foizini nazorat qiladi. Bunday yuqori konsentratsiya işlab çiqariş zanjirlarida samaradorlikka erişiş va xarajatlarni pasaytiriş imkonini beradi, biroq bir vaqtning özida xomaşyoning yakuniy iste’molçilari bölgan davlatlar uçun geosiyosiy xatarlarni ham kuçaytiradi.
Şuningdek, bunday ustunlik “poyga”ga keç qöşilgan va bozorda sezilarli uluşni egallaş uçun katta kapital sarmoyalariga tayyor bölmagan davlatlar uçun deyarli imkoniyat qoldirmaydi.
Nikel — Xitoy yetakçi pozitsiyani egallamagan yagona metall. 2030 yilga borib Indoneziya qayta işlangan nikelning jahon hajmining 71,24 foizidan ortiğini nazorat qiladi. Bu quyidagi omillarga tayanadi: ruda zaxiralarining boyligi, arzon qayta işlaş quvvatlarini faol quriş hamda qayta işlanmagan ruda eksportiga qöyilgan qat’iy taqiq.
Nikelni qayta işlaşda Xitoy uluşi atigi 6,24 foiz, Rossiyaniki 3,26 foiz, qolgan davlatlar hissasi esa 19,27 foizni taşkil etadi. Bunday siljiş Indoneziyani — pölat işlab çiqarişda ham, elektromobil akkumulyatorlarida ham qöllanadigan nikel bozorida hal qiluvçi öyinçiga aylantiradi.
Misni qayta işlaşda taqsimot nisbatan kengroq bölib qoladi. Xitoy 44,63 foizni nazorat qiladi, ammo qolgan mamlakatlar uluşi 40,99 foizga yetadi. Bu jahonda misni qayta işlaş bazasi ança keng ekanini anglatadi.
AQŞ nodir yer elementlari segmentida 5,14 foiz uluş bilan sezilarli iştirok etadi. Finlandiya va Kanada esa kobaltni qayta işlaşda mos ravişda 5,87 foiz va 5,73 foiz uluşlarga ega. Bu elektromobillar va “yaşil” energetika uçun mintaqaviy ta’minot zanjirlarini mustahkamlaşi mumkin, ammo kölam jihatidan ular Xitoyning qayta işlaş infratuzilmasidan ança orqada.












