“Öqimasang, erga beramiz deyişgan” - nufuzli kompaniyada işlayotgan dasturçi qiz bilan suhbat
|19:50 / 21.03.202250 97210 min
Toşkentga kelganimda kompyuter uyoqda tursin, hatto telefonim ham yöq edi, deydi dasturlaşni örganib, yaxşi joydan iş topgan 18 yoşli Rayhona Isroilova. Kun.uz “Mikrofon – qizlarda” ruknida ota-onasining qöllab-quvvatlaşi bilan hayotda öz yölini topgan şijoatli qizlar bilan taniştirişda davom etadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Mikrofon – qizlarda” loyihasining navbatdagi qahramoni – Rayhona Isroilova 2003 yilda tuğilgan, yaqinda 19 yoşga töladi. U Andijon viloyati Qörğontepa tumani Dardoq qişloğida tuğilgan. 18 yoşidayoq Paynet kompaniyasida dasturçi sifatida iş topib, faoliyat yuritişni boşlagan. Irodali, örganiş maşaqqatidan qoçmaydigan Rayhonaning öziga xos hikoyasi bor.
Avval styuardessa, keyin tarjimon böliş orzusi
Maktabda yomon öqimaganman, lekin özimni zör öquvçi deb hisoblamasdim. Yuqori sinfga ötgaç, 5–6-sinfda ingliz tili öqituvçimiz meni tilga yönaltirib, tuman, viloyat olimpiadalariga olib borgandi. Şu-şu ingliz tiliga qiziqib qolgandim.
7-sinfda paytim maktabdagi darslardan qoniqmay Qörğontepa markazidagi öquv markazida ingliz tilini örganişni davom ettirdim. Dastlab, orzum styuardessa böliş edi, biroq qarindoşlarim boşqa kasb tanlaşni maslahat berişgan. Ammamning bir qizi tarjimon bölib işlaydi, unga havas qilib, tarjimon bölaman deb maqsad qilgandim. Şu sabab 9-sinfni tugatib, Jahon tillari universiteti qoşidagi litseyga hujjatlarimni topşirdim, lekin kirolmadim. Biror narsaga astoydil harakat qilib uddalay olmaganlik kayfiyatida edim, qişloqqa qaytib borgim kelmagan.
Nima qilişni, endi öqişimni qanday davom ettirişni bilmaganman. Şuning uçun örtada Toşkentga qarindoşlarimiznikiga kelib, tayyorlanib IELTS'dan 6 ball oldim. Yana menda noaniqlik paydo böldi: asosiy maqsadim IELTS oliş edi, undan keyin qanday harakat qilaman?
Uydagilar OTMda öqişimni xohlaşdi, lekin iç-içimdan buni negadir xohlamasdim, boşqaçaroq yönalişda özimni sinab körgim kelardi. Öqigan kitoblarim ta’sirida universitetda öqimasdan ham hayotda inson öz yölini topişi mumkin degan fikrda edim. Lekin ota-onam istagi bilan ona tilidan repetitorga bora boşladim.
“Telefonni tanlasang, erga tegasan”
Ota-onam ikkovi ham oliy ma’lumotli, öqimişli kişilar. Ulardan repetitorga borib yurgan paytlarim telefon olib berişni söraganimda otam şart qöygandi: “Senda 2 ta yöl bor: yo telefonli bölib, erga tegasan yoki öqişni tanlasang telefonsiz öqiysan, özing harakat qilasan”. Şu gapdan söng öqişni tanladim va qaytib telefon haqida oğiz oçmadim.
Ona tilini özim unça xohlamay öqiganim uçun yetarli natijani körsata olmadim. Biz OTMga topşirgan yili (2020 yilda) karantin boşlanib, faqat 2ta fandan imtihon olingandi. Menda ingliz tilidan sertifikat bor, öşanda maktabda mendan boşqa heç kimda çet tili sertifikati yöq edi, şuning uçun hamma meni öqişga kirdi deb öylaşgan. Lekin ona tilidan natijam yaxşi bölmagani uçun talaba böla olmadim.
Mavzuga oid
“Paxta terişga çiqarib yuborişdi”
Otam fermer, paxta dalalari bor edi. Oldin heç paxta ter deyişmasdi, lekin öqişga kira olmaganim uçun meni paxta terişga çiqarib yuborişdi. Qarasam, daladaman, hayotim boşqa tomonga qarab ketyapti. Qişloqda qolişni esa istamasdim.
Baxtimga toşkentlik ammamning Koreyada öqiydigan öğli otam bilan gaplaşib: “Balki Rayhonani dasturlaşga öqitarmiz, yaxşi soha” degan. Şundan söng men uçun yöl topilgandi: dasturlaşni örganiş va buning uçun Toşkentga ketiş imkoni bor. Ota-onamga Bobur Akilxonovning (maşhur biznesmen, AQŞda istiqomat qiladi, yaqinda namoyiş qilingan “Özbekistonlik” hujjatli filmining qahramonlaridan biri) IT haqidagi videolarini körsatdim, ularga bu yönaliş ma’qul böldi. Öşandan beri Bobur Akilxonovni kumerim deb bilaman.
Şundan keyin özim tanlagan öquv markazida onlayn guruhda boşlanğiç sinov oyida dasturlaşni örgana boşladim. Qişloqda svet öçişi, internet yaxşimasligi sabab Toşkentga keldim va ammamnikida turib öqiy boşladim. Ammam menga kompyuter berib turdi.
Boşida kompyuter işlatişni umuman bilmasdim, hatto biror matnni “kopirovat” qilişni ham eplolmasdim. Birinçi darsda öqituvçidan “Ay-tini örganiş uçun kompyuter şartmi?” deb söraganman. Hamma ustimdan kulgandi. Şunday qilib örganişni boşladim: dastlab, faqat 3 oldim, keyin baholarim kötarila boşladi.
Birinçi sinov oyi tugaşidayoq imtihondan keyin qizlardan faqat men qoldim. Lekin oldinda yana boşqa sinov bor edi.
“Dadam kurs tölovi uçun qarz olib berdi...”
Sinovdan ötgandan söng ötgan yili yanvardan asosiy darslar boşlanişi kerak edi. 10 oylik öqiş puli 14 mln söm ekanini, agar birdaniga tölov qilinsa, 12 mln söm bölişini aytişdi. Men otamga şunça pul ekan deb aytdim. Öşa payti otam yerlarini topşirib, fermerlikni tugatgan, pul keladigan joy yöq edi. Bu pulni topiş bizga qiyin bölib qoldi.
Şunday bölsa-da, dadam mahalladagilardan qarz olib, teng yarmini – 7 mln söm yiğib berdi. Lekin birdan tölamasam, 2 mln söm qimmatroq bölardi. Şuning uçun uydagilarga bildirmasdan Rossiyada yaşaydigan toğamga ammamning telefonidan qönğiroq qilib, yozda qaytariş şarti bilan qarz olgandim. Lekin nega bunday deganimni bilmayman. Menimça, dadam ham qarzlarni “Yozda buğdoy örimidan qaytaraman” deb olganini eşitganim uçun bölsa kerak.
Yangi kompyuter, tinimsiz öqiş
Şunday qilib tölovni qilib bölgaç, bafurja öqiy boşladim. Endi foydalanayotgan kompyuterim qotib qolib örganişimga xalaqit qila boşladi. Şuning uçun ammamning öğli – akam menga bölib tölaşga kompyuter olib berdi. Qaçon işlaşni boşlasam, qaytariş şarti bilan kompyuterli böldim. Öşanda özim xohlaganday kompyuterga erişganimda nimalarni his qilganimni aytib bera olmayman. Klaviaturalari yonişini körib rosa xursand bölganman.
Topşiriqlar juda köp edi, şuning uçun tinimsiz dars qilişimga töğri kelgan. Ovqatlanişni hisobga olmasa, darsdan ortib 4-5 soatgina uxlab olardim, xolos.
Yozga kelib özim öqiyotgan öquv markazining “Support” bölimida işga kirdim. Bu bölimda, asosan, öqituvçiga yordamçilik vazifasi bajariladi, öqiyotganlarning vazifalari tekşiriladi.
Parallel ravişda turli kompaniyalarga işga topşira boşladim. Juda köp joy rad qilişdi: ba’zilari yoş bölganim, ba’zilari hali “junior” darajada (boşlanğiç daraja degani, undan söng örtaça va yuqori darajalar turadi) bölganim, yana ba’zilar esa qiz bola bölganim uçun rad etişardi. Lekin şunda ham rezyumelar topşiraverdim.
Qişloqdagi “iş tajribam”
Yettinçi sinfdan boşlab qöşimça darslarimga özim pul topişni xohlardim. Qişloq ayollari guruh bölib turli dala işlarini bajariş uçun kundalik işlarga çiqişardi. Men ham ularga qöşilib yozda özim pul topişga çiqardim. Pul topiş borasidagi tajribam mana şu edi.
Öquv markazida ötirib, turli topşiriqlarni bajariş esa menga butunlay yangi tajriba bölgan.
Lekin dasturlaş yönalişida bölsam-da, qilayotgan işim haqiqiy amaliyot emas deb hisoblardim.
Paynet'dan iş çiqdi
Bir kuni xorazmlik dasturçilar guruhida hozirgi işim haqida e’lonni körib qoldim va tavakkal hujjat topşirdim. Keyin suhbatga çaqirişdi, amaliy topşiriq berişdi va hammasidan ötib, işga qabul qilindim. Birinçi suhbatga özimda telefon yöqligi sabab boğlaniş uçun bir tanişim bilan borganman.
Işga olişganda 300-400 dollar taklif qilişsa kerak, deb öylagandim, biroq kutganimdan ança yaxşiroq oylik taklif qilişdi. Hozir işlayotganimga 7 oy böldi, iş şaroitlari juda yaxşi. Boşida 1-2 oy topşiriqlarni juda sekin bajarardim, meni biriktirib qöyişgan Rasul aka degan xodimni rosa jonidan töydirib iş örgandim, hozir hammasi joyida.
Birinçi oyligim
Iş boşlaganimdan keyin biroz ötib işxonadagilar “Avans tuşdi”, deyişdi. Menga ham pul berişdimi deb rosa xursand bölib, bankomatdan tekşirib körganman. Lekin oy oxirigaça avans berişganini uydagilarga aytmaganman, hamma pulni bitta qilib olib borsam barakali böladi deb öylagandim.
Şunday qilib birinçi maoşimni otamga jönatganman, hozir ham, odatda, oyligimni uydagilarga beraman.
Keyinroq telefon ham oldim.
Keyingi rejalarim bir neça yil dasturlaş yönalişining özida tajriba töplab, keyin “Project manager”lik (mijoz va dasturçi örtasida muloqotni taşkil qiladigan odam) yönalişida ketmoqçiman.
Hozir ukam ingliz tili va matematikani örganyapti, u ham dasturlaşni örganiş niyatida.
IT'da nega qizlar kam?
Men işlayotgan taşkilotda 30 nafar dasturçi işlaydi, qizlar 2 kişimiz, men va Farida degan qiz, lekin u masofadan işlaydi. Öquv markazidagi kursda yagona qiz bölib öqişni tugatgandim.
Dasturlaşda qizlar aynan nima sababdan kamligini bilmayman, balki örganişda qiyinçilik köpligi uçundir. Lekin hozir bu yönalişda ham qizlar köpayyapti.
Dasturlaşni örganiş uçun...
Qiyinçiliklarga çiday oliş, boşlagandan söng oxirigaça qat’iy bora olişni maqsad qiliş va şunga harakat qiliş muhim.
Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.
Agar siz intiluvçan qizlarni tanisangiz yoki siz ham şundaylardan biri bölsangiz, Telegram'da @Mikrofonqizlarda_botorqali biz bilan boğlaning. Dasturçi, sotuvçi, hunarmand, bukbloger, talaba – xullas, qaysi yönalişda faoliyat yuritayotgan bölişidan qat’i nazar, mikrofonni qizlarga berişga tayyormiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi