Özbekiston prezidenti 26 noyabr kuni Enterprise Uzbekistan nomli raqamli texnologiyalar xalqaro markazini taşkil etiş böyiça farmon imzoladi.

Farmonga asosan, markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakçi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud (yurisdiksiya) sifatida e’tirof etildi.

Bunda, Enterprise Uzbekistan rezidentlari uçun soliq va bojxona ma’murçiligi, mehnat munosabatlarini tartibga soliş, şaxsga doir ma’lumotlar va intellektual mulk himoyasi, davlat xizmatlarini körsatiş va nizolarni hal qiliş kabi yönalişlarda alohida tartib-qoidalar amal qiladi.

Markaz rezidentlarining (şuningdek, tomonlarning özaro kelişuviga muvofiq boşqa tadbirkorlik sub’yektlarining ham) nizolari Özbekiston Respublikasi sud tizimiga kirmaydigan mustaqil ixtisoslaştirilgan sud tomonidan körib çiqiladi.

Vazirlar Mahkamasiga 3 oy muddatda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasini kiritiş topşiriği berildi.

Enterprise Uzbekistan – Özbekiston prezidentining 2024 yil 1 fevraldagi farmoni asosida, Toşkentdagi IT-Park hududida taşkil etilgan bölib, öşa farmonda markazdagi xorijiy kompaniyalar uçun maxsus huquqiy rejimni 2024 yil 1 iyundan boşlab eksperiment tariqasida joriy qiliş belgilangan edi. Yangi farmon bilan esa, markazning alohida yurisdiksiya sifatidagi maqomi e’tirof etildi.