O‘zbekiston | 08:29 / 18.04.2024
13136
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Foto: Soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sirojiddin Eshmatov 1971 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Sirojiddin Eshmatov muqaddam Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2023 yil avgustidan buyon Samarqand viloyati soliq boshqarmasi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U endi Qashqadaryo viloyatida 2023 yil avgustidan buyon ishlab kelgan Shuhratali Imomov o‘rnini egalladi.

Uning o‘rniga Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Elyor Tolliyev

Elyor Tolliyev 1983 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2004 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Elyor Tolliyev mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 

Mavzuga oid