Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning Kun.uz'ga bildirishicha, bahor o‘rtasida tog‘li hududlarda manfiy harorat kuzatiladi. Bu hududlarda qor yog‘ishi tabiiy holat hisoblanadi.
“O‘zgidromet” 7—9 aprel kunlari Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘ison Respublikasining Beruniy tumaniga sel kelgani haqida xabar berilgandi.











