Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitida ishtirok etadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Tokio shahrida Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vazir Sanae Takaichi, Parlament rahbariyati, hukumat a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish hamda rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston rahbari shuningdek, «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir doirasida «yashil iqtisodiyot» va barqaror taraqqiyot, o‘zaro bog‘liqlik va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash hamda inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Sammit yakunlari bo‘yicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026