Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tuman tibbiyot birlashmasi aholiga xizmat ko‘rsatishning yangicha usulini qo‘llashni boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 20 may kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga qilgan tashriflari jarayonida tumanda aholiga malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bo‘yicha namunali tumanga aylantirish taklifi kiritildi.
Ushbu taklifni amalga oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini va samarasini yanada yaxshilash, shifokor qabuliga kirish uchun navbatlarning oldini olish, kasalliklarni erta aniqlash va patronaj ishlarini o‘z vaqtida maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiyot xodimlarining tashrif qog‘ozlari ishlab chiqildi.
Tashrif qog‘ozlarida:

- aholi tomonidan o‘z fikr va takliflarini bildirish maqsadida oilaviy poliklinikalar bosh shifokorining telefon raqamlari;
- bemorlarni oldindan shifokor qabuliga yozilishlarini qayd etish telefon raqami;
- aholi bilan hudud shifokori va oila hamshiralari bilan uzviylikni yanada yaxshilash maqsadida ularning telefon raqamlari;
- 103 tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida ularning telefon raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
20:52 / 15.03.2025