Jamiyat | 22:38 / 31.01.2017
11198
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada soliq qarzdorligi hisobiga musodara qilingan mol-mulklar savdo yarmarkasi tashkil etildi

2017 yilning 24-25 yanvar kunlari Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tuman markazlarida Davlat soliq inspeksiyalari hamda hududiy sud ijro bo‘limlari bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi hisobiga musodara qilingan mol-mulklar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada, savdo tashkilotlari tomonidan jami 25 turdagi mol-mulk, jumladan, avtotransport vositalari, televizor, muzlatkich, konditsioner, tikuv mashinasi, barcha yoshdagi ayollar va erkaklar kiyimlari va boshqa maishiy jihozlar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga qo‘yildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday yarmarkalar doimiy tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, navbatdagisi  4-5 fevral kunlari viloyatning barcha tuman (shahar) markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid