Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar vizasiz kiradigan davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin.
Foto: 123RF
O‘zbekiston fuqarolari hozir 35 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, o‘zbekistonliklar quyidagi davlatlarga vizasiz kirishi mumkin: Antigua va Barbuda; Armaniston; Barbados; Belarus; Birlashgan Arab Amirliklari; Dominika; Eron; Falastin; Filippin; Haiti; Gambiya; Gurjiston; Grenada; Keniya; Kot-d'Ivuar; Malayziya; Mikroneziya; Mo‘g‘uliston; Moldova; Namibiya; Ozarboyjon; Qirg‘iziston; Qozog‘iston; Rossiya; Sent Vinsent va Grenadin orollari; Seyshel orollari; Shri Lanka; Surinam; Tailand; Tojikiston; Turkiya; Ukraina; Xitoy; Ummon.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib borganda viza olishi mumkin (Visa on arrival): Boliviya; Burundi; Gvineya Bisau; Indoneziya; Iordaniya; Kabo Verde; Kamboja; Qamar orollari; Laos; Livan; Madagaskar; Makao; Maldiv orollari; Mavrikiy; Mavritaniya; Mozambik; Nepal; Nikaragua; Palau; Qatar; Ruanda; Samoa; Saudiya Arabistoni; Siyerra Leone; Togo; Tuvalu; Yamayka; Zimbabve; Sharqiy Timor.
Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishlari mumkin (e-visa): Efiopiya; Ekvator Gvineyasi; Gabon; Gvineya; Hindiston; Janubiy Sudan; Jibuti; Kongo Demokratik Respublikasi; Lesoto; Malavi; Nigeriya; Uganda.
Qayd qilinishicha, hozirgi vaqtda o‘nlab davlatlar bilan fuqarolarning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish bo‘yicha faol muzokaralar davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
13:59 / 30.12.2025
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
12:50 / 29.12.2025