Turizm sohasida yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, xizmatlar şaffofligini ta’minlaş va raqamli hisobga oliş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Soliq qömitasi tomonidan işlab çiqilgan loyihaga köra, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan barça joylaştiriş vositalarini, şu jumladan dalahovlilarning yagona elektron bazasi yaratilişi belgilanmoqda.

Jismoniy yoki yuridik şaxslarga tegişli bölgan, mijozlarga vaqtinçalik joylaştiriş va qöşimça xizmatlar körsatiş uçun foydalaniladigan yakka tartibdagi turar joy yoki hovli-joylar joylaştiriş vositalari deb e’tirof etiladi. Bunda turistik dala hovlilarga joylaşgan mijozlardan turistik yiğim undirilmaydi va turistik dala hovlilarda xizmat körsatiş uçun alohida litsenziya yoki ruxsatnoma oliş talab etilmaydi.

2027 yil 1 yanvardan joylaştiriş vositalari tomonidan körsatiladigan xizmatlarning narxini Milliy turizm yagona platformasiga doimiy kiritib boriş majburiy hisoblanadi.

Turizm qömitasi Soliq qömitasi bilan birgalikda uç oy muddatda platformaga kiritilmagan joylaştiriş vositalari va turistik dala hovlilar tomonidan amalga oşirilayotgan noqonuniy faoliyat töğrisida soliq organlarining axborot tizimi orqali xabar bergan jismoniy şaxslarga, uşbu ma’lumotlar asosida ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, undirilgan jarima summasining 30 foizi miqdorida mukofot puli tölaş tartibini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 

Noqonuniy faoliyat yuritayotgan şaxslar va obektlar töğrisida xabar bergan fuqaro şaxsini sir saqlanişini ta’minlanadi xamda jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Loyiha muhokamasi 2026 yil 7 maygaça davom etadi.