Jahon | 18:17 / 04.12.2016
7877
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Oklend shahridagi ko‘ngilochar kecha halokatli yakunlandi

Foto: Allen Weddington.

AQShning San-Frantsisko shahri yaqinidagi Oklendda musiqiy ko‘ngilochar kecha o‘tkazilayotgan omborxonada yong‘in chiqqan, deb xabar bermoqda CBS.

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ayni vaqtda 10 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Ma'lum qilinishicha, musiqachilar omborxonadan ishlash va yashash uchun foydalanishgan, biroq ularda bu uchun va musiqiy konsert uyushtirishga rasmiy ruxsat bo‘lmagan. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda. 

Yong‘in bir necha soat davom etgan, bu vaqt ichida inshootning 1-qavati bilan vaqtinchalik yog‘och zina bilan bog‘langan 2-qavatidagi tom qulab tushgan. Yong‘in yuz bergan binoda o‘t o‘chirish uchun mo‘ljallangan vositalar va tutun detektorlari bo‘lmagan.

The Voice of America ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun 55 o‘t o‘chiruvchi talab qilingan.

 

Mavzuga oid