Oq uy ma’muriyati 2026 yil 1 yanvardan AQŞga kiriş uçun biznes yoki sayyohlik (B1/B2) vizasini olişda pasport egalari 15 ming dollargaça garov puli qöyişi şart bölgan mamlakatlar qatoriga yana yetti davlatni qöşdi.
AQŞ Davlat departamenti ötgan hafta Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmanistonni uşbu röyxatga yaşirin tarzda qöşgan. Rasmiy saytda e’lon qilingan bildirişnomaga köra, bu özgarişlar 1 yanvardan kuçga kirgan. 5, 10 yoki 15 ming dollarlik tölov miqdori har bir ariza beruvçi bilan suhbatda individual belgilanadi.
Hozirda röyxatga jami 13 davlat kiritilgan. Ularning ikkitasi: Turkmaniston va Butan Osiyodan, qolganlari Afrika davlatlari. AP naşrining yozişiça, bu – köplab odamlar uçun AQŞ vizasini oliş jarayonini moliyaviy jihatdan imkonsiz qiladi.
2025 yil avgust va oktyabr oylarida Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi va Zambiya kabi davlatlar röyxatga kiritilgandi.
AQŞ rasmiylari 5 mingdan 15 ming dollargaça bölgan garov puli nişonga olingan mamlakatlar fuqarolari vizani suiiste’mol qilib qolib ketmasligini ta’minlaşda samarali ekanini aytib, bu çorani himoya qilmoqda.
Garov puli tölaş vizaning berilişiga kafolat bermaydi, biroq agar viza rad etilsa yoki viza egasi uning şartlariga amal qilganini isbotlasa, mablağ qaytariladi.
Garov puli qöygan barça viza egalari AQŞga faqat belgilangan 3 ta punkt orqali kirişi va çiqişi şart. Bunga rioya qilinmasligi kirişning rad etilişiga yoki çiqiş töğri qayd etilmasligiga olib kelişi mumkin:
- Boston Logan xalqaro aeroporti;
- Jon F.Kennedi xalqaro aeroporti;
- Washinton Dulles xalqaro aeroporti.
AQŞ içki xavfsizlik departamenti viza egasi garov şartlarini buzgan bölişi mumkin bölgan işlarni Fuqarolik va immigratsiya xizmati orqali tekşiradi. Quyidagi holatlar viza talablarini buziş hisoblanadi.








