Jahon | 10:07 / 05.02.2019
10689
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik 4 yil yuragida tish kavlagich bilan yashadi

Foto: iStock

Xitoyda shifokorlar bemor erkakning yuragidan uzunligi 6 santimetr keluvchi tish kavlagichni chiqarib olishdi. Aniqlanishicha, 29 yoshli Chjou familiyali erkak tish kavlagichni 4 yil avval tasodifan yutib yuborgan.

Erkak yuqori tana harorati va ko‘krak sohasidagi kuchli og‘riqdan shikoyatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar unda yurak yallig‘lanishi va o‘pkada soya borligi tashxisini qo‘yishgan hamda yurakning o‘ng bo‘lmasidagi o‘simtada ingichka buyumni aniqlashgan.

Aniqlanishicha, Chjou ulfatchiliklar vaqtida spirtli ichimlik solingan bokalini tish kavlagich bilan belgilashni odat qilgan. Bu esa kunlardan birida uning tish kavlagichni ichimlik bilan yutib yuborishi va uning nafas yo‘llariga tushib, so‘ngra o‘pkani teshib yurakka sanchilishiga olib kelgan. 

Chjou shundan keyin o‘pka yallig‘lanishi va yuqori tana haroratidan muntazam aziyat chekib kelgan, biroq shifokorlar buning sababini aniqlay olishmagan. Ta'kidlanishicha, erkak davolanish uchun 200 ming yuandan ko‘proq mablag‘ sarflagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid