Ijtimoiy tarmoqlarda xorijliklar özbek sömni yoqqani aks etgan video tarqaldi. Uni «Kiçik Se» nomli akkaunt egasi WeChat'dagi sahifasida joylaştirgan.
Kun.uz manbasi ma’lum qilişiça, videodagilar Sirdaryo viloyatidagi korxonaning xitoylik işçilari hisoblanadi. Ular 2 ming söm qiymatdagi Özbekiston milliy valutasini olovga tutib turgan. Söngra uning oloviga sigaret tutatib olişgan va kulişgan.
Bu harakat Özbekiston qonunçiligiga muvofiq jinoiy javogarlikka sabab bölişi mumkin. Jinoyat kodeksining 215-moddasiga köra (davlat ramzlariga hurmatsizlik qiliş) Özbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpoğiston Respublikasining davlat bayroği, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qiliş BHMning 25 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy valutasida davlat gerbi ramzi aks etgan.









