Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana yer qimirladi
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida bir kunda ikkinchi marta 2–3 balli zilzila sezildi. Zilzila episentri Afg‘onistonda joylashgan, magnitudasi esa 6 ni tashkil etgan.
3 aprel kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator hududlarida sezildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi
Soat 21:12 da kuzatilgan yer silkinishi epimarkazi Toshkentdan 526 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 6, chuqurligi 207 km.
Zilzila O‘zbekiston viloyatlarida quyidagicha sezildi:
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 314 km;
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 420;
- Namangan viloyatida 2–3 ball, 485 km;
- Andijon viloyatida 2–3 ball, 477 km;
- Sirdaryo viloyatida 2–3 ball, 457 km;
- Toshkent viloyatida 2–3 ball, 520 km;
- Toshkent shahrida 2–3 ball, 526 km.
Bu kun davomidagi ikkinchi bor yer silkinishi bo‘lmoqda. Kunduzi Tojikistondagi zilzila kuchi ham O‘zbekiston hududlarida sezilgandi.
Mavzuga oid
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026