O‘zbekiston | 18:53 / 10.02.2026
10645
1 daqiqa o‘qiladi

«Metan zapravkalar» 11 fevraldan bosqichma-bosqich odatdagi ish rejimiga qaytadi – Energetika vazirligi

«Metan zapravkalar»ga nisbatan joriy etilgan cheklov bosqichma-bosqich olib tashlanishi haqida xabar berildi.

Foto: Kun.uz

11 fevral kuni soat 9:00 dan boshlab, barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham «metan zapravka»lar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi havo harorati pasayishi munosabati bilan 20 yanvardan respublikada metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritgandi.

Keyinroq, 2 fevraldan boshlab, ularga nisbatan cheklov yumshatildi va soat 10:00 dan soat 16:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid