Özbekiston Boş konsulxonasida Xitoyning Soltenia Technology Introduction (STI) kompaniyasi prezidenti örinbosari Xao Jui bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muloqot çoğida mamlakatda quyoş issiqlik energiyasi va zamonaviy energiya saqlaş texnologiyalarini joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilişiça, STI kompaniyasi uşbu yönalişda dunyodagi yetakçi tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Xitoy tomoni Buxoro viloyatida sanoat parki uçun integratsiyalaşgan issiqlik va fotoelektrik “yaşil” energiya tizimini barpo etişga qiziqiş bildirib, mazkur loyihaning umumiy qiymati 75 million AQŞ dollarini taşkil etişi ma’lum qilindi.

Şuningdek, kompaniya Özbekistondagi sanoat korxonalari va obektlarini quyoş energiyasi bilan ta’minlaşga qaratilgan, qiymati 50 million dollarlik yana bir loyihani ham körib çiqişga tayyorligini bildirdi.

Uşbu taşabbuslar mamlakatimizda “yaşil” iqtisodiyotga ötiş strategiyasini qöllab-quvvatlaş, energiya samaradorligini oşiriş va hududlarning energetik mustaqilligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.