Negadir “örmon qonunlari” jamiyatimizda fermerlar bilan köproq boğliqdek tuyuladi. Çunki ularning yerini tortib oliş, optimizatsiya qiliş, eksperimentlarni ötkaziş, istalgan vaqtda qöşib yuboriş mumkindek taassurot beradi kişiga. Ular qança tobe bölsa, şunça işlatiş oson.

Navbatdagi “tajriba” Payariq tumanida qöllandi. Kun.uz holatni örganiş maqsadida mazkur tumanda böldi.

Payariqlik bir guruh fermerlarning yeri 2019 yilda “SAMARKAND COTTON GLUSTER” MÇJga olib beriladi. Şunday olib beriladiki, fermerlarning roziligisiz. Şunçaki, DePUTATLAR sessiyada “olib berilsin” degan vaqtda tasdiqlab yuborişadi. Tabiiyki, kengaş raisi hokim va uning aytgani bölmasligi mumkin emas.

Xullas, öşa sessiyada mahalliy deputatlarimiz yomon an’anani davom ettirişib, bir guruh fermerlarning yerini klasterga olib berişni “qonuniylaştirişadi”.

Biz bilan suhbatlaşgan “Toğdagi lolazor” fermer xöjaligi raisi Akmal Berdiqulov 2019 yilda yeri hokimning tazyiqi bilan tortib olinganini ma’lum qildi.

“Biz heç qanday imzo qöyib yoki muhr urmadik, noroziligimizni bildirdik. Bizni birov eşitmadi, yerimiz klasterga olib berildi” deydi u.

Berdiqulovning aytişiça, yer amalda undan olib qöyilgaç, oilaviy klasterning qölida işlaşga majbur bölgan. 6-7 oylik paxta mavsumida gektariga 50 ming sömdan haq tölanayotganini bildirdi.

Demak, mustaqil işlab kelgan fermer yeri klasterning qöliga ötgaç, oyiga 10 gektar paxta mehnati uçun 500 ming sömdan olib kelgan. 6 oyga 3 mln söm!

Tasavvur hosil qiliş uçun aytiş mumkin, “Toğdagi lolazor” fermer xöjaligi 2016 yilda paxta yetkazib beriş böyiça şartnoma rejasini 100 foizga bajargan. 2017 yilda şartnoma reja 36,1 tonna etib belgilangan va fermer amalda 41,2 tonna, rejani 114 foizga bajargan. Yer klasterga olib berilişidan bir yil avval, 2018 yilda uşbu xöjalik 79,1 foizga rejani bajargan, xolos.