Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan 1 iyulgaça qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yonilğisi qiymatining 13 million sömdan oşgan qismi uçun respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.
Bunda subsidiya miqdori har bir tonna uçun 2 million sömdan oşmasligi belgilangan. Mablağlar Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada tölovlar agentligi orqali ajratiladi.
Şuningdek, farmon bilan 2026 yil 1 sentabrdan Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasining ayrim subsidiya ajratiş vakolatlari ham Agentlikka ötkazilişi belgilandi.
Jumladan, qişloq xöjaligi sub’yektlariga öz mablağlari va tijorat banklari kreditlari hisobidan yetiştirilgan paxta xomaşyosini birjada sotişda elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab beriş vakolati agentlikka beriladi.
Bundan taşqari, paxta-töqimaçilik klasterlari hamda ip-kalava işlab çiqariş zanjiriga ega töqimaçilik korxonalariga öz mablağlari hisobidan xarid qilingan paxta xomaşyosi qiymatining bir qismini qoplab beriş tartibi ham joriy etiladi.
Mazkur çoralar qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining xarajatlarini kamaytiriş va sohani moliyaviy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Fermerlar uçun dizel yonilğisi böyiça subsidiya joriy etildi
15:45 / 12.05.20264 9502 min
Özbekistonda qişloq xöjaligi korxonalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida dizel yonilğisi xarajatlarining bir qismini qoplab beriş tartibi joriy etildi. Yangi tartibga köra, fermerlar birja orqali sotib olgan dizel yonilğisi uçun davlat tomonidan subsidiya olişi mumkin.
















