Jahon | 14:47 / 04.11.2023
15569
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut uchun jang, Avdiyivkadan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 618-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zelenskiy Ukraina QK maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonini almashtirdi.
  • Isroil hukumati Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan e’tiborni Ukrainadagi urushdan chalg‘itishda foydalanayotganini ma’lum qildi.
  • AQSh Ukrainaga 425 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etdi.
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab dronlar orqali yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Xarkiv oblastida dron o‘quv binosiga kelib tushgan.
  • Belgorod oblasti Shebekino shahri o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi yaralandi.
  • Pussy Riot a’zosi Petr Verzilov Bucha haqidagi postlari tufayli sirtdan sakkiz yarim yil muddatga hukm qilindi.
  • «Rossiyaning istalgan fuqarosi hamisha vatanga erkin qaytishi mumkin». Kreml — Alla Pugacheva Rossiyaga kelgani haqida.

Xarkiv o‘qqa tutilishi

3 noyabrga o‘tar kechasi RF qurolli kuchlari Shahed tipidagi kamikadze-dronlar bilan Ukraina hududini o‘qqa tutdi. Ukraina QK bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 14 ta uchuvchisiz uchar qurilma nishonga yetib borgan. Asosiy zarbalar Xarkiv shahri va Xarkiv oblasti hududiga to‘g‘ri kelgan: politsiya xabariga ko‘ra, regionda fuqarolik  infratuzilmalariga rossiyaliklarning o‘nta droni hujum qilgan. Jabrlanganlar yo‘q, ammo xo‘jalik qurilmalari shikastlangan; shuningdek, bir necha joyda yong‘in chiqqan.

Politsiyachi Xarkivda rossiyaliklar droni zarbasidan qisman shikastlangan binoni tekshirmoqda
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda yashovchi ayol rossiyaliklar droni zarbasidan keyin yong‘in chiqqan hududda
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda rossiyaliklar droni zarbasi yong‘in keltirib chiqargan binoda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Rasmiylarning ko‘ndirishlariga qaramay evakuatsiyadan bosh tortayotgan avdiyivkaliklar

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Avdiyivka urushning qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan. 2022 yil fevraliga qadar ushbu aholi yashash manzilida 35 kishi yashagan bo‘lsa, hozirga kelib, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari - vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vaziri Irina Vereshchukning so‘zlariga ko‘ra, shaharda mingga yaqin kishi qolgan. Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabashning tasdiqlashicha, Avdiyivkada birorta butun bino qolmagan.

Barabashning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi barchani evakuatsiya qilish imkonsiz, bunga qonun ham yo‘l qo‘ymaydi. «Har bir evakuatsiya maxsus amaliyotga o‘xshaydi. Birgina kishini olib chiqish uchun ham ko‘p sonli guruh harakat qilishi kerak. Odamlarni ketishga ko‘ndirish o‘ta qiyin, bizni [hukumat vakillarini] yuz martalab yuborishgan, ularning qarindoshlari bilan ham gaplashish kerak», — degan Barabash. 14 oktyabr kuni u Avdiyivkadan odamlarni olib chiqish uchun kelishilgan yo‘lak mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Politsiya xodimlari Avdiyivkani aylanib, aholini shahardan evakuatsiya bo‘lishga undamoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Rossiyaliklar o‘qqa tutishi oqibatida vayron bo‘lgan bino
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Avdiyivkada ishlashda davom etayotgan yagona shifoxona xodimi pechga o‘t qalamoqda. Shaharda markazlashgan isitish tizimi yo‘q, hukumat tinch aholi vakillarini pech uchun o‘tin bilan ta’minlashga harakat qilmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Mahalliy aholi vakillari ketishga ko‘ndirilmoqda. Ularning ortida — poliklinikaning shikastlangan binosi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Avdiyivka o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan aholi vakilining qabri
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

«Da Vinchi bo‘rilari» batalyonining tibbiy xizmati

«Da Vinchi bo‘rilari» — Ukraina qurolli kuchlarining 2014 yilda shturm rota sifatida tashkil etilgan, hozirga kelib quruqlik qo‘shinlarining 1-alohida mexanizatsiyalashgan batalyoniga aylantirilgan qismi. Batalyon bu nomni o‘z komandiri — «Da Vinchi» laqabli ko‘ngilli Dmitro Kotsyubaylo sharafiga olgan, 2021 yilda The New York Times u Avdiyivkadagi ofisida qo‘lga o‘rgatilgan bo‘rini saqlagani haqida yozgandi. 2021 yilda Kotsyubaylo tirikligida Ukraina Qahramoni unvonini olgan ilk ko‘ngilliga aylangandi. U 2023 yil martida Baxmut uchun janglar vaqtida halok bo‘lgandi.

Hozirda «Da Vinchi bo‘rilari» Kupyansk ostonasida jang qilmoqda.

Yarador ukrainalik harbiyga yordam ko‘rsatilishi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukraina QK jangchisi og‘riqdan baqirmoqda. Harbiy shifokorlar yaradorlarni zirhlangan Hummer HAMVI avtomobilida evakuatsiya qilmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Yarador jangchiga evakuatsiya chog‘ida yordam berayotgan shifokor
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Ukraina QK Bosh shtabi xabariga ko‘ra, Baxmut ukrain qo‘shini rossiyaliklarning pozitsiyalariga yurish qilayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. The Economist materialida Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tan olganidek, dushman mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘linmayapti — ammo bu urush davrida ikki tomon uchun ham ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu shaharni ozod etish Kiyevning strategik maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini baravar o‘t ochish reaktividan o‘qqa tutmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofidagi front chizig‘ida Ukraina QK artilleriyachilari uchun o‘q-dori yetkazib berilishi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK jangchilari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini artilleriya zarbasi uchun aniqlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK harbiylari Rossiya qo‘shinining Baxmut atrofidagi pozitsiyasiga artilleriya qurilmasidan zarba berish vaqti
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK harbiylari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini Amerikaning MLRS qurilmasidan o‘qqa tutmoqda
Vlada Liberovf / Libkos / Getty Images
Baxmut fronti yaqinida vayron bo‘lgan cherkov binosi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Baxmut atrofidagi o‘rmonzorda Ukraina QKning maskirovka qilingan pozitsiyasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK maxsus bo‘linmasi jangchilari laqabi «Kurt» bo‘lgan harbiy xizmatchi qo‘mondonligida kunning qorong‘i vaqtida granatomyotdan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Mavzuga oid