Ukrainada uruşning 380-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Rosstat» qaşşoqlik darajasi tarixiy minimumga pasaygani haqida hisobot berdi. Bu uruş qatnaşçilari uçun tölovlar bilan boğliq bölişi mumkin.
- Moskva birjasidagi savdolar vaqtida yevro kursi 2022 yil 22 aprelidan buyon ilk bor 81 rublga kötarildi.
- Tadqiqotçi jurnalistlar aniqlaşiça, Rossiyada davlat kompaniyalari xodimlari va mansabdor şaxslardan xorijga çiqiş pasportlari olib qöyilmoqda.
- CNN ma’lumotiga köra, Rossiya Ukrainada qölga kiritilgan NATO qurollarining bir qismini Eronga yuborgan.
- «LXR» sudi ukrainalik huquq himoyaçisi, uruş davomida asir tuşgan Maksim Butkeviçni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
- Ukraina prezidenti ofisidagilar mamlakat qurolli kuçlari qarşi hujumni may oyida boşlaşini aytişdi.
- Xarkiv va Jitomir Rossiyaning 9 mart kungi yoppa raketa zarbalari oqibatida qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
- Belgiya golodomorni ukrain xalqi genotsidi deb tan oldi.
Bogorodiçnoye qişloğidagi keçuv joyida portlatilgan köprik
Bogorodiçnoye — Donetsk oblastidagi qişloq bölib, Şimoliy Donning öng sohilidagi Svyatogorsk şahridan yetti kilometr masofada joylaşgan. Rossiyaning keng kölamli bosqiniga qadar Bogorodiçnoyeda 800 nafar atrofida aholi yaşagan. 2022 yil bahorida qişloq hududida şiddatli janglar keçgan, yozda Rossiya armiyasi uşbu aholi yaşaş manzilini bosib olgan. 11 sentabr kuni ukrain harbiylari qarşi hujum davomida uşbu qişloqni ozod etişadi. FreeDOM telekanali ma’lumotiga köra, hozirda Bogorodiçnoyeda birorta butun bino qolmagan, otişmalar oqibatida mahalliy çerkov ham şikastlangan. Bogorodiçnoyeni «arvoh qişloq» deb ataşadi — mahalliy aholining deyarli barçasi bosqinga qadar bu yerni tark etgandi, ammo bir neça kişi öz uylarida qolgan.

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA



Anatolii Stepanova / AFP / Scanpix / LETA

Dolina qişloğida snaryadlardan hosil bölgan öralar
Dolina qişloği Donetsk oblastining Slavyansk rayonida, Xarkiv oblasti bilan çegara yaqinida joylaşgan. 2022 yil fevraliga qadar Dolinada 550 nafar atrofida odam yaşagan. 2022 yil yozida Rossiya qöşini aholi yaşaş manzili atrofiga yetib kelgan, ammo uni egallay olmagan. Rossiya armiya zarbalari oqibatida Dolinadagi deyarli barça uylar vayron bölgan, aholining aksar qismi qişloqni mart oyidayoq tark etgandi.

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda Dmitro Kotsyubayloning dafn marosimi
Dmitro Kotsyubaylo (Da Vinçi laqabli) — ukrainalik 27 yoşli harbiy xizmatçi, u 2021 yilda Ukraina Qahramoni unvonini olgandi. Kotsyubaylo 2014 yilgi Maydan voqealarida iştirok etgan, keyingi sakkiz yil davomida «Pravyy sektor» safida jang qilgan va «Volki Da Vinçi» nomi ostidagi şturmçi bölinmaga qömondonlik qilgan. U mart oyi boşida Baxmut atrofida halok böldi. 10 mart kuni Kiyevda Kotsyubaylo bilan vidolaşuv marosimi ötkazildi. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy, mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov, Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov hamda Finlandiya boş vaziri Sanna Marin iştirok etdi.

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Konstantinovka öqqa tutilişi
Donetsk oblasti prokuraturasiga köra, 10 mart kuni Rossiya kuçlari Konstantinovka şahrini S-300 zenit-raketa kompleksi va «Uragan» baravar öt oçiş tizimidan öqqa tutgan. Natijada sakkiz kişi yaralangan, 14 uy va töqqiz avtomobil şikastlangan yoki töliq vayron bölgan. Konstantinovka Donetskdan taxminan 80 kilometr şimolda va Kramatorskdan 35 kilometr janubda joylaşgan, bu hudud RF qurolli kuçlarining Donbassdagi strategik maqsadlaridan biri bölib qolmoqda. Rossiya armiyasi şaharni muntazam ravişda öqqa tutib kelmoqda.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA



Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ikkinçi jahon uruşi yodgorligidagi vayrongarçilik
YuNeSKO ma’lumotiga köra, 2023 yil martiga kelib Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatida kamida 246 ta madaniy obekt şikastlangan, ulardan 107 tasi diniy obektlar, 88 ta bino tarixiy yoki badiiy qimmatga ega, şuningdek 20 muzey va 19 yodgorlik bor. «Vajnyye istorii» naşri yozişiça, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon mamlakat hududida Ikkinçi jahon uruşida qurbon bölgan sovet askarlarining kamida yettita birodarlik qabristoni yakson etilgan.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA












