Vladimir Putin AQŞ Kiyevga harbiy yordam körsatiş va razvedka ma’lumotlarini almaşişni töxtatganidan keyin ham «har qanday odam qilgani kabi» Ukraina infratuzilmasiga hujumlarini davom ettirmoqda. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Oval kabinetdagi çiqişi davomida ma’lum qildi.

«Menimça, u har qanday boşqa odam qilişi mumkin bölgan işni qilmoqda. U buni töxtatişni va muammoni hal qilişni xohlaydi, deb öylayman va hisoblaşimça, u avvalgidan ham qattiqroq zarbalar bermoqda. Va menimça, uning örnida bölgan har qanday kişi hozir aynan şunday yöl tutgan bölardi», — deya Tramp jurnalistning savoliga javob qaytargan.

AQŞ prezidenti Ukrainaga qurol yetkazilişini töxtatgani va bu uruşga yakun yasaşiga işonçi komil ekanini ma’lum qildi. «Men ular bitim tuzişni xohlaşayotganini bilişim kerak», — deydi prezident. Uning qöşimça qilişiça, agar Kiyev uruşni hal etişni istamasa, AQŞ Ukrainadan çiqib ketadi.

Trampning fikriça, Ukrainadan köra Rossiya bilan iş olib boriş «osonroq». U Vladimir Putinga işonişini qöşimça qildi. «Bizda Rossiya bilan hammasi yaxşi deb öylayman, ammo ayni vaqtda ular göyo la’natlanganlardek, Ukrainani bombardimon qilmoqda. Ukraina bilan esa töğrisini aytsam, menga iş olib boriş qiyin va ularning qölida qarta yöq», — dedi Tramp.

Şu bilan birga, Tramp Moskva Ukrainada jangovar harakatlarni töxtatmasa va Kiyev bilan muzokaralar olib borişni istamasa, Rossiya «keng kölamli» sanksiyalarga uçraşini aytdi. «Rossiya hozir jang maydonida Ukrainani ezib taşlayotganini inobatga olgan holda, men Rossiyaga nisbatan keng qamrovli bank sanksiyalari va bojxona tölovlarini joriy etişni jiddiy körib çiqyapman. Bu çoralar öt oçişni töxtatiş va yakuniy tinçlik kelişuviga erişilgunga qadar davom etadi», — deb yozadi Tramp.

4 mart kuni AQŞ Ukrainaga harbiy yordam körsatişni, keyinroq esa razvedka ma’lumotlarini taqdim etişni töxtatgani ma’lum bölgandi. Xususan, Kiyev Rossiyadagi nişonlarga uzoq masofadan turib zarba berişda zarur bölgan ma’lumotlarni olmay qöygan.

Şundan keyin Rossiya qöşinlari Ukrainaning qator energetika tizimlari va fuqarolik obektlariga hujumlar uyuştirdi. Zelenskiyning sözlariga köra, 7 martga ötar keçasi Rossiya armiyasi 70 ga yaqin raketa va qariyb 200 ta dron uçirgan.