Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi ommaviy zarbasidan söng, mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy öz şeriklarini «Rossiyani uruşni töxtatişga majbur qilişga» çaqirdi. «Ukraina tinçlik yölidan borişga tayyor va aynan Ukraina bu uruşning birinçi soniyasidanoq tinçlikni xohlaydi», — deb yozdi u 7 mart, juma kuni Telegramʼda.
Şu bilan birga, Zelenskiy keça tunda Ukrainaning bir qança mintaqalaridagi energetika obektlari yana Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan zarbaga uçraganini ta’kidladi. «Jami rossiyaliklar deyarli 70 ta raketa — qanotli va ballistik, şuningdek, ikki yuzga yaqin hujumkor dronlardan foydalangan. Bularning barçasi normal hayotni ta’minlovçi infratuzilmaga qarşi», — deya ta’kidladi u.
Şu bilan birga, haqiqiy tinçlik örnatiş yölidagi birinçi qadamlar «uşbu uruşning yagona manbai» bölgan Rossiya Federatsiyasini Ukrainadagi hayotga qarşi qaratilgan bunday hujumlarni töxtatişga majbur qiliş çoralari bölişi kerak, deb işonadi Zelenskiy. «Osmonda sukunat — raketalar, uzoq masofaga uçuvçi uçuvçisiz uçoqlar va aviabombalardan foydalanişni taqiqlaş. Şuningdek, dengizda sukunat — normal yuk taşişning haqiqiy kafolati», — deya qöşimça qildi u.
Rossiyaning Ukraina energetika sektoriga navbatdagi hujumi
7 martga ötar keçasi Ukrainaga navbatdagi hujum çoğida Rossiya Federatsiyasi 67 ta qanotli, ballistik, zenitli va boşqariladigan raketalarni, şuningdek, 194 ta hujumkor dronlar va dron imitatorlaridan foydalandi. Ukraina qurolli kuçlari 134 ta havo nişonini urib tuşirdi. Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, birinçi marta Rossiya hujumini qaytariş uçun Ukrainaga bir oy oldin kelgan Mirage-2000 fransuz qiruvçi samolyotlari işlatilgan.
Hujum birinçi navbatda gaz işlab çiqariş korxonalariga qaratilgan. Poltava, Odessa va Ternopil oblastlarida energetika infratuzilmasi şikastlangan.








