Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev hukumatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqladi
Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)
Prezident “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
a) O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi;
b) O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi;
v) Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tugatildi hamda uning negizida Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etildi;
g) Ta'lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tugatildi hamda uning negizida quyidagilar tashkil etildi:
Ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati;
Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati.
Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Belgilanishicha:
Ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bosh vazir o‘rinbosari - turizm va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025