Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ATTO transport kartasi bilan yo‘l haqini to‘lash arzonlashadi
Foto: KUN.UZ
2021 yil 1 avgustdan 30 sentyabrga qadar, ATTO kartasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishda yo‘lovchilar Toshkent shahrida avtobuslarda belgilangan 1400 so‘m o‘rniga 1300 so‘m to‘laydi.
Yaqinda xuddi shunday aksiya 1 avgustda avtomatlashtirilgan to‘lash tizimi joriy etilgan Guliston shahridagi jamoat transportida ham boshlanadi. Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining markazida ATTO kartasi bilan yo‘l haqi uchun to‘lash 10 foizga arzonroq, ya'ni har bir harakatlanish uchun 900 so‘m bo‘ladi.
Transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Click, Upay, Apelsin va boshqa to‘lov xizmatlarining mobil ilovalari, shuningdek kartalarni sotish shoxobchalarida to‘ldirishingiz mumkin. Bugungi kungacha 350 mingga yaqin transport kartalari, shu jumladan tarifli kartalar sotilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 03.01.2026
Palov uchun mahsulotlar qiymati: eng qimmat hudud - Toshkent shahri
09:14 / 19.12.2025
Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
11:28 / 15.12.2025