Kuni kecha Toshkent shahar Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasida joylashgan uylarning birida yashovchi fuqaroga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, yashash manziliga olib kelingan.

Ma’lum qilinishicha, tez tibbiy yordam xodimlari fuqaroni uyiga olib chiqib qo‘yishda qo‘shimcha kuch zarurligi sabab Toshkent shahar FVBga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xabar bergan.

Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, fuqaroni tez tibbiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda yashash xonadoniga olib chiqib qo‘ygan. Qayd etilishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.