Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 2025 yil 18 dekabr kuni kechqurun to‘rtta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 18 dekabr kuni soat 19:30 larda Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida Spark, Cobalt, Labo va Tracker-2 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, YTH natijasida fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, bunday vaziyatlarda haydovchilardan harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, masofani saqlash hamda tezlikni yo‘l va ob-havo sharoitiga moslashtirish so‘raladi.
Mavzuga oid
13:20
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
08:44 / 18.05.2026