Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertadan Registon ansambliga faqat 17:00 gacha kirish mumkin bo‘ladi
«Sharq taronalari» xalqaro musiqiy tanloviga tayyorgarlik munosabati bilan Samarqand shahridagi Registon ansambliga 20 iyuldan boshlab faqat 11:00 dan 17:00 gacha kirishga ruxsat beriladi. Qolgan vaqtlarda ansamblda «Sharq taronalari»ga tayyorgarlik ko‘riladi. Bu haqda Registon ansambli ma'muriyati xabar bermoqda.
Bu yil 12-marta o‘tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali 26-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Vazirlar mahkamasining qarorida keltirilishicha, musobaqaning gran-pri sohibiga 10 000 AQSh dollari, 1-o‘rin egalariga 5 000, 2-o‘rin egalariga 3 500, 3-o‘rin sohiblariga 2 000 AQSh dollaridan mukofot puli ajratilgan.
Shuningdek xalqaro hay'at raisiga 2 000 AQSh dollari, hay'at a'zolarining har biriga 1 000 AQSh dollaridan gonorar beriladi.
Mavzuga oid
11:52 / 22.01.2025
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi
10:31 / 14.11.2024
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
18:59 / 15.09.2024
Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
11:58 / 27.08.2024