Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbasi oqibatida 400 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
Pokiston tomoni ayblovni rad etib, faqat «harbiy obektlarni nishonga olayotgani»ni aytmoqda.
Foto: Getty Images
Afg‘oniston hukumati Pokistonning Kobuldagi narkologiya shifoxonasi binosiga yo‘llagan zarbasi oqibatida 400 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Tolo News mamlakat hukumati vakili Hamdulla Fitratga asoslanib xabar tarqatgan.
Rasmiyning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu zarba oqibatida yana 250 kishi jarohatlangan.
Pokiston tomoni esa shifoxonaga hujum haqidagi ayblovni rad etib, fuqarolik obektlariga zarba bermasligini ta’kidlamoqda. Xususan, Pokiston axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Attaulla Tarar X ijtimoiy tarmog‘ida «Solih g‘azab» deb nomlangan ushbu amaliyotdagi nishonlar faqat toliblarning harbiy obektlari bo‘lgani, Kobuldagi ikki obektda o‘q-dori omborlari va texnik ta’minot infratuzilmasi yo‘q qilinganini ta’kidlagan. «Zarbalardan keyin ko‘ringan ikkilamchi portlashlar yirik o‘q-dori omborlari mavjudligini yaqqol ko‘rsatadi», – deya qayd etgan vazir.
Mahalliy telekanallar tarqatgan videolarda bino yong‘in ichida qolgani, xarobalar ostidan qurbonlarning jasadlari olib chiqilayotgani aks etgan.
- Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi navbatdagi keskinlashuv 2026 yil fevral kuni boshlangandi. Pokiston mudofaa vazirligi mamlakat 2021 yildan buyon Afg‘onistonni boshqarib kelayotgan «Tolibon»ga qarshi «ochiq urush» boshlangani va mintaqadagi terrorchi guruhlarning lagerlari bo‘ylab zarbalar yo‘llaganini e’lon qilgandi. Bu harakat fevral oyida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida, shuningdek mamlakat shimoli-g‘arbidagi Bajaur okrugi hamda Bannu shahrida sodir etilgan teraktlarga javob ekani qayd etilgan. O‘z navbatida, «Tolibon» rasmiysi Zabihulloh Mujohid Pokiston harbiy-havo kuchlari zarbalariga javoban Afg‘oniston qurolli kuchlari Pokistonning chegara bo‘ylab joylashgan postlariga hujum uyushtirganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
15:00 / 04.04.2026
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi
21:22 / 03.04.2026
O‘zbekistonda yana yer qimirladi
17:49 / 01.04.2026