Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish uchun «Saxovat» markazi tashkil etildi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatdagi bir guruh o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan koronavirus pandemiyasi davrida xorijdagi vatandoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida «Saxovat» yordam markazi tashkil etildi.
Foto: saxovat.rf
«Biz COVID-19 pandemiyasi davrida Moskva va Moskva viloyatida yashovchi og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqarolar va ularning oila a'zolariga yordam beramiz. Bizning maqsadimiz - fuqarolarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va dori-darmon bilan bepul ta'minlash», deyiladi markaz xabarida.
16 apreldan boshlab «Saxovat» yordam markazi saxovat.rf portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.
Markazning xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj o‘zbekistonlik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirishmoqda.
Birinchi navbatda, ayollarga, qariyalarga, nogironlar va yosh bolalarga yordam ko‘rsatilishi aytilgan.
Bundan tashqari, markaz +79167977772 «ishonch telefoni» orqali yurtdoshlarga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
«Siz ham hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz: bank pul o‘tkazmalari (sahifa bu yerda) orqali Rossiyada bo‘lgan vatandoshlarimizga yordam berishingiz yoki «Saxovat» yordam markazining volontyori bo‘lishingiz mumkin.
Mavzuga oid
11:07 / 15.01.2026
🔴 LIVE: Rossiya ortiq variant emas: mehnat muhojirlari nima qiladi?
21:57 / 19.12.2025
“Ksenofobiya Rossiyaning fundamental muammosi” – Moskvadagi fojianing sabablari haqida suhbat
20:50 / 19.09.2025
«Ona, tinchmisiz?» – Urushga yuborilayotgan o‘zbek migrantlarini kim qutqaradi?
10:12 / 01.05.2025