AQŞ rasmiylari prezident Şavkat Mirziyoyevga Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari bölgan 131 kişini deportatsiya qiliş böyiça amaliyotni taşkil etgani va moliyalaştirgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Fox News Digital markaziy osiyoliklarni olib qaytayotgan reys Vaşington va Toşkent örtasidagi kelişuv doirasida amalga oşirilayotgani haqida yozdi.
«AQŞ bilan kelişuvga köra, 100 dan ortiq noqonuniy muhojirlar çorşanba kuni Özbekistonga qaytadi, Özbekiston hukumati öz fuqarolarini qaytariş xarajatlarini tölaydi – bu prezident Donald Tramp lavozimga kirişganidan beri xorijiy hukumat bilan birinçi şunday kelişuvdir. Bugun ertalab uçgan reys bortida 131 nafar muhojir bölgan», – deyilgan xabarda.
AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 131 nafar noqonuniy muhojirni öz vataniga qaytariş uçun charter reys taşkil etgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni alohida e’tirof etgan.
«Biz Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga 131 nafar noqonuniy muhojirni öz vataniga qaytariş uçun samolyot jönatişga rahbarlik qilgani uçun minnatdorçilik bildiramiz. Xavfsizlikni mustahkamlaş va qonun ustuvorligini ta’minlaş böyiça Özbekiston bilan hamkorlikni davom ettirişni intiqlik bilan kutamiz», – deydi amerikalik rasmiy.
Özbekiston öz fuqarolarini deportatsiya qilişni töliq moliyalaştirgan uşbu operatsiya «davlatlar örtasidagi çuqur xavfsizlik hamkorligini ta’kidlaşi va AQŞ ittifoqçilari uçun standart vazifasini bajarişi» ta’kidlangan.
Fox News Tramp ma’muriyatiga tayanib yozişiça, uşbu repatriatsiya bitimi AQŞning boşqa davlatlar bilan migratsiya masalalari böyiça qanday hamkorlik qilişini körsatib beradigan namuna hisoblanadi. Bitim AQŞ Davlat departamenti, Içki xavfsizlik vazirligi, Oq uy va Milliy xavfsizlik kengaşi hamda Özbekiston hukumati örtasida bir neça oy davom etgan diplomatik muzokaralar natijasi sanaladi.
Bundan oldinroq Özbekiston TIV erişilgan ikki tomonlama kelişuvlar doirasida 30 aprel kuni AQŞ hududida qonuniy asoslarsiz bölib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar röyxatiga kiritilgan Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş maqsadida Nyu York—Toşkent yönalişi böyiça maxsus charter reysi taşkil etilişini xabar qilgandi.








