Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nipax virusi: qanday yuqadi va nimasi bilan xavfli?
Foto: AFP
Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan Nipax virusi tarqalayotgani xabar qilindi. Bugunga qadar beshta kasallanish holati aniqlangan bo‘lib, ulardan uchtasi shu haftada qayd etilgan.
Bu qanday virus?
Nipax — yangi zoonoz virus bo‘lib, hayvonlardan, shuningdek ifloslangan oziq-ovqat yoki insondan insonga yuqishi mumkin. Virus keltirib chiqaradigan infeksiya klinik jihatdan turlicha namoyon bo‘ladi: umuman belgisiz o‘tishi ham, og‘ir nafas yo‘llari infeksiyasi yoki o‘limga olib keluvchi ensefalit shaklida ham kechishi mumkin. Virus tashuvchilari meva bilan oziqlanuvchi ko‘rshapalaklar bo‘lib, ular infeksiyani odamlarga yoki boshqa hayvonlarga, masalan, cho‘chqalarga yuqtirishi mumkin.
Virus ifloslangan oziq-ovqatlar orqali va odamlar o‘rtasida bevosita muloqot natijasida ham tarqaladi. Nipax virusi kasallangan hayvonlarning so‘lagi, siydigi, najasi yoki qoni orqali yuqadi. Uning qo‘zg‘atuvchisi bosh miya va markaziy asab tizimi to‘qimalarida keng tarqalgan maxsus inson retseptoridan foydalanadi, shu sabali bemorlarda nevrologik alomatlar kuzatiladi.
Odamlar virusni kasallangan hayvon yoki uning biologik suyuqliklari bilan kontaktda bo‘lganida yuqtirishi mumkin. Shundan so‘ng virus boshqa odamlarga ham yuqishi ehtimoli mavjud.
Qachon aniqlangan?
Nipax virusi ilk bor 1999 yilda Malayziyadagi Nipax daryosi atrofida yashovchi cho‘chqaboqar fermerlari orasida kasallik avj olgan paytda aniqlangan. O‘shandan beri Janubiy Osiyoda kasallik yana 12 marta avj olgani kuzatilgan. 2018 yilda Hindistonning Kerala shtatida Nipax virusi tarqalishi oqibatida 17 kishi vafot etgan. 2021 yil sentabrda yana shu shtatda 12 yoshli bola ushbu virusdan vafot etgan, 11 kishida kasallik alomatlari aniqlangan. 2023 yil sentabrda virus yana ikki kishining umriga zomin bo‘lgan.
Alomatlari
Nipax virusi bilan zararlanishning asosiy alomatlari:
- yo‘tal;
- nafas olishning qiyinlashishi;
- harorat ko‘tarilishi;
- bosh og‘rig‘i;
- ich ketishi;
- qusish;
- mushaklar og‘rishi;
- holsizlik.
Yuqtirgandan keyin alomatlar paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr bir necha kundan ikki haftagacha bo‘lib, ayrim hollarda yashirin davr 45 kungacha davom etishi mumkin.
Asoratlari
Nipax virusining asosiy nishonlari — bronxlar va o‘pka. Shuningdek, ko‘pincha buyraklar va taloq ham zararlanadi. Virusning butun organizm bo‘ylab tarqalishi ko‘plab a’zolar yetishmovchiligiga olib keladi.
Nutq buzilishi, tutqanoq, o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromi va komaga tushish kabi nevrologik alomatlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar infeksiya kuchaysa, virusli meningoensefalit va o‘limga olib kelishi mumkin. Organizm kasallikni yengib o‘tsa ham, ko‘pincha falajlik, ruhiy o‘zgarishlar, kognitiv funksiyalarning yomonlashishi singari nevrologik asoratlar qoladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, virus yuqtirishdan o‘lim darajasi 40% dan 75% gacha bo‘lib, bu epidnazorat sifati va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlariga bog‘liq.
Davolash
Bugungi kunda Nipax virusiga qarshi maxsus davolash usuli va vaksina mavjud emas, bu esa uning inson uchun xavfini oshiradi. Odamlar va hayvonlar uchun mo‘ljallangan dorilar yoki vaksinalar hozircha ishlab chiqarilmagan. Odamlarni davolashning asosiy usuli simptomatik terapiya hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:20 / 16.03.2026
Kasallanganlarning o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin: insoniyatni xavotirda ushlab turgan 10 ta virus
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
19:48 / 26.01.2026
Nipah virusi O‘zbekistonda qayd etilmadi – Sanepidqo‘mita
02:10 / 25.01.2026