AQŞ milliy razvedkasi xorijdagi 120 dan ortiq biologik laboratoriya faoliyatini tekşirmoqda. Bu haqda agentlik direktori Tulsi Gabbard The New York Post (NYP) gazetasiga ma’lum qildi.

Tergov prezident Donald Trampning farmoniga muvofiq viruslar bilan ehtimoliy xavfli tajribalarni töxtatiş böyiça sa’y-harakatlar doirasida olib borilmoqda. Gabbard sözlariga köra, laboratoriyalar önlab yillar davomida amerikalik soliq tölovçilarning mablağlari hisobidan faoliyat yuritgan.

Milliy razvedka rahbari uning jamoasi «bu laboratoriyalarning joylaşuvi, ularda qanday patogenlar borligi va qanday tadqiqotlar olib borilayotganini aniqlaş» niyatida ekanini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, bunday işlar «Amerika xalqi va butun dunyoning salomatligi va farovonligiga tahdid soladi».

NYP iqtibos keltirgan AQŞ Milliy razvedka boşqarmasi (ODNI) vakillari xorijiy laboratoriyalar 30 dan ortiq mamlakatda joylaşganini ta’kidladi. Ularning ba’zilari ilgari Sovuq uruş tugaganidan keyin ommaviy qirğin qurollarini yöq qilişga qaratilgan Mudofaa vazirligi dasturi doirasida moliyalaştirilgan, dedi gazeta suhbatdoşlari. Gap Pentagonning tahdidlarni kamaytiriş (STR) dasturi, şuningdek, Nanna-Lugar dasturi haqida ketmoqda.

AQŞ Mudofaa vazirligining Birgalikdagi tahdidlarni kamaytiriş (STR) dasturining bir qismi bölgan tadqiqot kelajakdagi kasalliklarning oldini oliş va AQŞ bioxavfsizligini oşiriş uçun patogenlarni örganişga qaratilgan.