Jahon | 22:36 / 19.02.2026
10449
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi

Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya harbiylari G‘azo sektoridagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISF) tarkibida xizmat qiladi. Uzoq muddatli reja Iroq xavfsizlik kuchlarining 20 ming harbiy xizmatchisini joylashtirish va 12 ming politsiyachini tayyorlashni nazarda tutadi.

Foto: EPA

Besh davlat G‘azo sektoriga Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISF) tarkibida qo‘shinlarni yuborishga rozi bo‘ldi, dedi ushbu qo‘shinlar qo‘mondoni general-mayor Jasper Jyeffers 19 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan «Tinchlik kengashi»ning birinchi yig‘ilishida.

«Dastlabki besh davlat - Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya Xalqaro xavfsizlik kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yubordi. Ikki davlat - Misr va Iordaniya politsiyani o‘qitish majburiyatini oldi», dedi u.

Shuningdek, Isroil xavfsizlik kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga joylashadi, u yerda politsiyani o‘qitadi va «sektorma-sektor kengayib boradi», deb qo‘shimcha qildi Jyeffers. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli reja Iroq xavfsizlik kuchlarining 20 ming harbiy xizmatchisini joylashtirish va 12 ming politsiyachini tayyorlashni nazarda tutadi.

Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektori janubida 140 gektarga yaqin yerda harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda, u Xalqaro xavfsizlik kuchlari uchun operativ markazga aylanadi, deb yozdi The Guardian avvalroq. Obekt 5 ming harbiy xizmatchini joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, pudratchi qurilish uchun yerni allaqachon ko‘zdan kechirgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid